Nukus shahrida bo‘lib o‘tgan Orol madaniyati sammiti doirasida I. V. Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat san’at muzeyida yangi ko‘rgazma ochildi. U “Igor Saviskiy olami: ashyolar, figuralar, maskanlar” deb nomlanadi va muzey asoschisi tavalludining 110-yilligiga bag‘ishlanadi.
“Ushbu ko‘rgazmada 350 ta asar taqdim etilgan bo‘lib, ulardan 180 tasi badiiy – rangtasvir va grafika, qolganlari esa amaliy san’at obyektlari hamda arxeologik topilmalar. Bu yerda Aleksandr Volkov, O‘rol Tansiqboyev, Oganes Tativasan, Viktor Ufimsev, Aleksandr Nikolayev va boshqa rassomlarning asarlari taqdim etilgan. Ko‘rgazma doirasida fransuz va mahalliy mutaxassislar tomonidan 40 tadan ortiq asar restavratsiya qilindi”, — deya ta’kidladi O‘zbekiston Madaniy meros agentligi Muzeylarni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Bobur Sayomov.
Ko‘rgazma doirasida namoyish etilayotgan asarlarning ilmiy katalogi chop etildi. Ko‘rgazmada ko‘plab rus avangard rassomlarining rasmlari namoyish etiladi.
"Bizning muzey rus avangard va post-avangardining ahamiyati va miqdori bo‘yicha Rossiya muzeyidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Bu yerda nomlari Rossiyada ham ma’lum bo‘lmagan ko‘plab rassomlar namoyish etilgan. Igor Saviskiy tufayli bu asarlar va ko‘plab rossiyalik rassomlarning nomlari saqlanib qolindi", - dedi I.V. Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi direktori Gulbahor Izentayeva.
Ko‘rgazma O‘zbekiston madaniyat va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etildi.
Batafsil Sputnik videosida.