Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida Rossiya Federatsiyasi Federatsiya Kengashi raisi o‘rinbosari Konstantin Kosachov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.
Federatsiya Kengashining Xalqaro masalalar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Toshkentda Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi qanday o‘tgani haqida so‘zlab berdi.
Qayd etilishicha, Assambleyada bir ovozdan G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan bayonot qabul qilindi.
Konstantin Kosachovga ko‘ra, G‘arb Yaqin Sharqdagi vaziyatni assambleya doirasida muhokama qilishga qarshi chiqqan.
Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston to‘liq miqyosli a’zolikni rasmiylashtirmasdan YeOII doirasidagi ayrim kelishuvlarga qo‘shilish ustida ish olib bormoqda.
Ushbu havola orqali videoning to‘liq variantini tomosha qilishingiz mumkin.