Parlamentlararo aloqalar mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Bu haqda O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Erkin Zohidov Parlamentlararo ittifoqning 150-assambleyasini Toshkentda o‘tkazishning ahamiyati haqida Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida bo‘lib o‘tgan brifingda gapirayotib ma’lum qildi.
“Bu O‘zbekiston uchun juda muhim voqea, chunki mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishda parlamentlararo aloqalar eng muhim tarkibiy qism hisoblanadi. Parlament asosiy rol o‘ynaydi. Shundan kelib chiqib, O‘zbekistonda bunga alohida ahamiyat berilmoqda”, - dedi Zohidov.
Ta’kidlanishicha, 180 tadan ortiq davlat o‘z vakillarini, parlament rahbarlarini yubordi. Ular ijtimoiy taraqqiyot, millatlararo munosabatlar va jamiyatning adolatli rivojlanishi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilmoqda.