May oxirida Mo‘ynoqda “Stixiya” festivali o‘tkaziladi

Har yili festival yosh va keksa san’atkorlar, iste’dodli musiqachilar, ma’ruzachilar va mutaxassislarni birlashtiradi.
Sputnik
TOShKENT, 9 apr – Sputnik. 29-31 may kunlari Mo‘ynoqda “Stixiya” elektron musiqa, san’at va fan festivali bo‘lib o‘tadi.
Bu yil festivalning asosiy g‘oyasi mehmonlarga qaratilgan. Festival ularning tajribalarini, hikoyalarini aks ettiradi, oldingi “Stixiya”larda ularga va ularning atrofida nimalar sodir bo‘lganini ma’lum qiladi.
Loyiha 2017-yilda Mo‘ynoq shahrida Orol dengizining ekologik halokatidan xabardorlikni oshirish va mintaqaning barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish, shuningdek, O‘zbekistonda yashovchi xalqlarni butun dunyoga tanitish maqsadida ishlab chiqilgan.
Har yili festival yosh va keksa san’atkorlar, iste’dodli musiqachilar, ma’ruzachilar va mutaxassislarni birlashtiradi va shu bilan festival mehmonlari uchun noyob tajriba yaratadi.
Bu yil festivalda Rossiya, Xitoy, Shveysariya, Hindiston, Avstraliya, Islandiya, Germaniya, Markaziy Osiyodan O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Qozog‘iston san’atkorlari ishtirok etadi.
Musiqiy dasturdan tashqari, festivalda turli tadbirlar va tashabbuslar o‘tkaziladi: STIHIA N+1 forumi, ekobrendlar, shuningdek, mahalliy Mo‘ynoq hunarmandlari yarmarkasi, mahorat darslari, vorkshoplar, yoga, o‘yinlar shular jumlasidan.