Tumen viloyati O‘zbekistonda vakolatxona ochishni rejalashtirmoqda

Tumen viloyati O‘zbekiston korxonalariga neft-gaz loyihalarida qo‘shma ishlarni taklif qilishga tayyorligini bildirdi.
Sputnik
TOShKENT, 8 apr - Sputnik. Rossiyaning Tumen viloyati O‘zbekistonda vakolatxona ochish istiqbollarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi Savdo vakolatxonasi xabar berdi.
Shu kunlarda mintaqa gubernatori o‘rinbosari Andrey Panteleyev boshchiligidagi delegatsiya Toshkentda bo‘lib turibdi.
Tashrif doirasida ular O‘zbekistonning neft-gaz kompaniyalari va soha ilmiy tashkilotlari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazishdi.
Ularda Rossiya kompaniyalarining respublikadagi faoliyati xususiyatlari va mintaqaning O‘zbekistonda vakolatxonasini ochish istiqbollari muhokama qilindi.
Ta’kidlanishicha, Tumen viloyati O‘zbekiston korxonalariga Rossiya neft-gaz kompaniyalari loyihalarida qo‘shma ishlarni taklif qilishga tayyor.
Kelasi yil Samarqandda migratsiya bo‘yicha Primorsk o‘lkasi vakolatxonasi ochilishi mumkin