O‘zbekiston va Vyetnam vizasiz rejim joriy qilishi mumkin

O‘zbekiston bilan Vyetnam o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari batafsil ko‘rib chiqildi.
Sputnik
TOShKENT, 8 apr - Sputnik. O‘zbekiston va Vyetnam vizasiz joriy qilish orqali madaniyat va turizm sohalaridagi almashinuvlar rivojlantirishni rejalashtirmoqda. Bu O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vyetnam Milliy majlisi raisi Chan Txan Man bilan uchrashuvida ma’lum bo‘ldi.
Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Vyetnam o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot va investitsiya sohalarida yanada rivojlantirish masalalari batafsil ko‘rib chiqildi.
“Madaniyat va turizm sohalaridagi almashinuvlarni, shu jumladan,vizasiz tartibni joriy qilish orqali rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi”, - deyiladi O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabarida.
Hukumatlararo va idoralararo muloqotlarga tizimli tus berish zarurligi qayd etildi. Joriy yilda Xanoy shahrida Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi va biznes forumini samarali o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.
Yangi loyihalarni ilgari surish uchun energetika, geologiya, neft-kimyo, elektrotexnika, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarda sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha kompleks dastur tayyorlashga kelishib olindi.
Qo‘shma tashabbuslarning amaliy ijrosini ta’minlash maqsadida parlamentlararo muloqotni faollashtirishga ahdlashib olindi.
O‘zbekiston va YeOII
YeOII Vyetnam bilan bozorga kirish masalalarini muhokama qildi