Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligi

“O‘zbekiston — G‘alaba yo‘lida” tarixiy hujjatli film suratga olinmoqda

Film Ikkinchi jahon urushi davrida O‘zbekistonning ko‘rsatgan beqiyos insonparvarlik yordami haqida hikoya qiladi.
Sputnik
TOShKENT, 8 apr – Sputnik. “O‘zbekiston — G‘alaba yo‘lida” nomli tarixiy hujjatli film suratga olinmoqda.
Film O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va Rossiya kinokompaniyasi hamkorligida tasvirga olinmoqda
Kartina Ikkinchi jahon urushi davrida O‘zbekistonning ko‘rsatgan beqiyos insonparvarlik yordami haqida hikoya qiladi. Unda O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan minglab insonlarga o‘zbek xalqining ko‘rsatgan bag‘rikengligi ham aks ettiriladi.
Ma’lum qilinishicha, film beshta kichik qismdan iborat bo‘ladi.
Hujjatli filmda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rustam Sa’dullayev ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston xalqining G‘alabaga qo‘shgan ulkan hissasi – video