Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligi

“G‘alaba diktanti” dunyoning 84 ta mamlakatida yoziladi

Bu yilgi aksiya 25-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Diktant yozish uchun 250 tadan ziyod xorijiy maydon tashkil etiladi.
Sputnik
TOShKENT, 8 apr – Sputnik. Xalqaro tarixiy “G‘alaba diktanti” duyoning 84 ta mamlakatida yoziladi. Bu haqda Rossiyaning “Yagona Rossiya” partiyasi Markaziy ijroiya qo‘mitasi rahbari Aleksandr Sidakin ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, bu yil aksiyada ilk bor KXDR, Irlandiya, Kuba, Shveysariya, Shvetsiya, Norvegiya, Koreya Respublikasi, Singapur, Shri-Lanka, Efiopiya, Kipr qatnashadi.
Diktant yozish uchun 250 tadan ziyod xorijiy maydon ochiladi. Ular Rus uylari, Rossiya elchixonaari maktablarida negizida tashkil etiladi. Onlayn yozish imkoniyati ham yaratiladi.
“G‘alaba diktanti” – Ulug‘ Vatan urushi voqealari mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro tarixiy diktant. U O‘zbekistonda ham o‘tkazib kelinadi.
Rossiya maorif vaziri Sergey Kravsov bu yilgi aksiya 25-aprel kuni bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgan.
Toshkent va Buxoroda “G‘alaba diktanti” xalqaro tarixiy aksiyasi bo‘lib o‘tadi