Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Putin Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaydi – Peskov

Kreml vakili buning uchun qator masalalarni hal qilish kerakligini ta’kidladi.
Sputnik
TOShKENT, 7 apr – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaydi, biroq buning uchun bir nechta masalalarni hal etish lozim. Bu haqda Rossiya yetakchisi matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

“Prezident Putin haqiqatdan ham o‘t ochishni to‘xtatish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Biroq buning uchun qator savollarga javob berish kerak. Bu savollar havoda muallaq qolmoqda, hozircha ularga hech kim javob bermadi”, - dedi Kreml vakili. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Peskovning tushuntirishicha, gap “Kiyev rejimining bo‘ysunmasligi, Kiyev rejimining Kiyevga quloq tutmaydigan qator ekstremistik va millatchi bo‘linmalarni nazorat qila olmasligi” haqida ketmoqda.
U shu kabi masalalar avvalgiday kun tartibida ekanini qo‘shimcha qildi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Umid qilamizki, Ukraina bo‘yicha muzokaralar o‘zining ijobiy natijasini beradi – Mirziyoyev