TOShKENT, 7 apr – Sputnik. “Ochiq budjet” portalida 5-apreldan “Mening bog‘im” loyihasining 2025-yilgi mavsumi doirasida loyiha kiritish bosqichi boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Loyiha kiritish bosqichi — 5–14 aprel, saralash bosqichi — 15–20 aprel, ovoz berish bosqichi — 21–30 aprel kunlari o‘tkaziladi.
Ushbu loyiha portalda jamoatchilik fikri asosida yashil bog‘ va yashil jamoat parklarini tashkil qilish bo‘yicha loyihalarni shakllantirish, saralash, ovoz berish yo‘li orqali g‘olib loyihalarni aniqlash hamda moliyalashtirishni o‘z ichiga olgan jarayondir.