Futbol: O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi jahon chempionatiga yo‘llanma oldi

O‘zbekiston U-17 yoshlar terma jamoasi futbolchilari Osiyo kubogi guruh bosqichida Xitoy ustidan g‘alaba qozonib, turnirning chorak finaliga yo‘l oldi.
Sputnik
TOShKENT, 7 apr - Sputnik. Futbol bo‘yicha 17 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi U-17 Osiyo kubogi guruh bosqichining ikkinchi o‘yinida Xitoy ustidan g‘alaba qozondi.
6 aprel kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan uchrashuv 2:1 hisobida yakunlandi.
Futbolisti yunosheskoy sbornoy Uzbekistana U-17
Guruhdagi ikkinchi o‘yinda esa mezbon Saudiya Arabistoni Tailandni 3:1 hisobida mag‘lub etdi.
Bu natijadan so‘ng O‘zbekiston o‘smirlar milliy jamoasi saudiyaliklar bilan birgalikda Osiyoda birinchilardan bo‘lib JCh yo‘llanmasini naqd qildi. Shuningdek, Islom Ismoilov shogirdlari Osiyo kubogining chorak finaliga chiqdi.
O‘smirlar o‘rtasidagi 2025-yilgi jahon chempionatiga Qatar mezbonlik qiladi. Musobaqa 3-noyabrdan 27-noyabrga qadar davom etadi.