TOShKENT, 6 apr — Sputnik. O‘zbekistonlik bokschilar Braziliyadagi Jahon kubogida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Braziliyaning Fors-du-Iguasu shahrida boks bo‘yicha Jahon kubogi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Bunday natija bilan yigitlar umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
Natijalar:
Oltin medal: -50 kg: Asilbek Jalilov, -75 kg: Fazliddin Erkinboyev, -80 kg: Javohir Ummataliyev, -90 kg: To‘rabek Habibullayev, +90 kg: Jahongir Zokirov;
Kumush medal: -55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov, -85 kg: Akmaljon Isroilov;
Bronza medal: -60 kg: Madiyar Daniyarov.