Mirziyoyev Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v rabote pervogo sammita Spetsialnoy programmi OON dlya ekonomik Sentralnoy Azii i vidvinul rad prakticheskix initsiativ po dalneyshemu usileniyu regionalnogo sotrudnichestva v ramkax SPEKA.
Davlat rahbarlari ikki va ko‘p tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar.
Sputnik
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 5-aprel kuni Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbarlari ikki va ko‘p tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar.
Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar sohalardagi kooperatsiya loyihalari va dasturlarini amalga oshirishni jadallashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ko‘rib chiqildi.
Mintaqaviy hamkorlik, shu jumladan Turkiy davlatlar tashkiloti va Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti doirasidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Shavkat Mirziyoyev
Mirziyoyev va Aliyev ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirishni muhokama qildi