O‘zbekiston va YeOII

YeOIIda yog‘li o‘simliklarning asosiy turlari bo‘yicha yalpi hosil 34,6 mln tonnaga yetdi

Ittifoq kungaboqar yog‘i yetkazib berish bo‘yicha dunyoda ikkinchi, kolza yog‘i bo‘yicha uchinchi o‘rinda turadi.
Sputnik
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari o‘simlik moylari jahon bozorida mavjud pozitsiyalarni mustahkamlash va yangi o‘rinlarni egallash uchun barcha shart-sharoitlarga ega. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining (YeIK) Agrosanoat siyosati departamenti direktori Naira Karapetan ta’kidladi.
Karapetan Moskvada bo‘lib o‘tgan Yog‘-moy konferensiyasining yalpi majlisida YeOIIda yog‘ va moy sanoatining yuqori natijalarini qayd etdi.
Komissiya vakili sessiya ishtirokchilariga 2024-yilda YeOIIda yog‘li o‘simliklarning asosiy turlari bo‘yicha yalpi hosil 34,6 million tonnaga yetganini ma’lum qildi, bu 2019-yilga nisbatan 33 foizga ko‘p. Hosilning yuqoriligi o‘simlik moylari ishlab chiqarishning bir yarim barobar – 11,6 million tonnaga ko‘payishiga xizmat qildi.
Ta’kidlanishicha, a’zo davlatlar aholining ichki talabini inobatga olgan holda 120 dan ortiq davlat bozorlarida tayyor mahsulot sotadi. YeOIIning asosiy savdo hamkorlari Xitoy, Hindiston, Turkiya, Eron, Jazoir, O‘zbekiston va Tojikistondir. Ittifoq kungaboqar yog‘i yetkazib berish bo‘yicha dunyoda ikkinchi, kolza yog‘i bo‘yicha uchinchi o‘rinda turadi.
“Ittifoq mamlakatlarida jahon bozorida mavjud mavqelarini mustahkamlash va yangi o‘rinlarni egallash uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. Shu nuqtayi nazardan, raqobatlashmaslik, balki o‘zaro manfaat ko‘rish uchun kelishilgan qarorlar qabul qilish muhim ahamiyatga ega. Komissiya real sektor ehtiyojlariga javob beradigan hamkorlik uchun shart-sharoitlar yaratish uchun biznes vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga tayyor”, - deya xulosa qildi Naira Karapetan.
O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekistonning YeOII mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi