Boks bo‘yicha Jahon kubogi: umumiy hisobda 7 nafar O‘zbekiston vakili finalga chiqdi

Bugun o‘zbekistonlik 7 nafar bokschi chempionlik uchun ringga ko‘tariladi.
Sputnik
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Braziliya mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha Jahon kubogida o‘zbekistonlik yetti nafar bokschi chempionlik uchun jang qiladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Ortda qolgan kun ringga ko‘tarilgan uch nafar O‘zbekiston vakilining barchasi ishonchli g‘alabalar bilan final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi:
-55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov — Xose Felipe (Gvatemala) 5:0
-80 kg: Javohir Ummataliyev — Dias Moljigitov (Qozog‘iston) 5:0
-85 kg: Akmaljon Isroilov — Yakub Strashevski (Polsha) 5:0.
Bugun Jahon kubogida o‘z vaznining dastlabki g‘oliblari aniqlanib, o‘zbekistonlik 7 nafar bokschi chempionlik uchun ringga ko‘tariladi. Juftliklar:
-50 kg: Asilbek Jalilov - Niki Kummings (Fransiya)
-75 kg: Fazliddin Erkinboyev - Kaue Belini (Braziliya)
-85 kg: Akmaljon Isroilov - Daulet Tulemissov (Qozog‘iston)
-90 kg: To‘rabek Habibullayev - Isaak Okoh (Angliya)
-55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov - Nursultan Altinbek (Qozog‘iston)
-80 kg: Javohir Ummataliyev - Voderley Perreyra (Braziliya)
+90 kg: Jahongir Zokirov - Damar Tomas (Angliya).
Boks bo‘yicha Jahon kubogi: 4 nafar o‘zbekistonlik bokschi finalga chiqdi