TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Rossiya harbiylari DXR va Zaporojye viloyatidagi ikkita qishloqni nazoratga oldi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi.
“Sharq” kuchlar guruhining bo‘linmalari dushman mudofaasi tubiga yurishda davom etdi va Donesk Xalq Respublikasining Veseloe aholi punktini ozod qildi”, — deyiladi xabarda.
“Sharq” jangchilari DXR va Dnepropetrovsk viloyatining yettita dushman brigadasining ishchi kuchi va texnikasini mag‘lub etdi. Ukraina Qurolli kuchlari 125 nafargacha harbiy xizmatchi, uchta mashina va to‘rtta dala artilleriyasi qurolini yo‘qotdi.
Bundan tashqari, “Dnepr” qo‘shinlari guruhi Zaporojye viloyatining Lobkovoe qishlog‘ini nazoratga oldi.
Rossiya Qurolli kuchlari Xerson va Zaporojye viloyatlarida yettita Ukraina brigadasining ishchi kuchi va texnikasiga hujum qildi, shuningdek, Ukraina armiyasining 60 nafargacha xodimi, yettita mashina va radioelektron kurash stansiyasini yo‘q qildi.
Bundan tashqari, oxirgi 24 soat ichida havo hujumidan mudofaa tizimlari 138 ta dronni urib tushirdi.