TOShKENT, 2 apr — Sputnik. O‘zbekistonlik bokschilar Jahon kubogida mag‘lubiyatsiz ishtirok etishmoqda, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Braziliyada boks bo‘yicha Jahon kubogining ikkinchi kun bellashuvlari ortda qoldi. Ushbu kunda ringga ko‘tarilgan uch nafar bokschining hammasi g‘alabaga erishdi va keyingi bosqichga yo‘l olishdi.
-60 kg: Madiyar Daniyarov - Mishel Baldassi (Italiya) 4:1;
-50 kg: Asilbek Jalilov - Nurzat Ongarov (Qozog‘iston) 5:0;
-85 kg: Akmaljon Isroilov - Leonid Berisha (Shveysariya) 5:0.
3 aprelga o‘tar kechasi terma jamoaning 4 nafar vakili ishtirok etadi.
-55 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov - Nikolas Pavlik (Polsha);
-70 kg: Iqboljon Xoldorov - Odel Kamara (Angliya);
-65 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev - Yuri Reys (Braziliya);
-80 kg: Javohir Ummataliyev - Robbi Gonsales (AQSh).