Ipoteka bozorini rivojlantirish: OTB O‘zbekistonga 30 million dollar ajratdi

OTB: bu yanada raqobatbardosh va funsional ipoteka kreditlash bozorini rivojlantirishga yordam beradi.
Sputnik
TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekistonga 30 million dollar ajratdi, deya xabar berdi bank matbuot xizmati.

“Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonning ipoteka bozorini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda ekologik ta’mirlash va uy-joy kreditlarini inklyuziv moliyalashtirishni kengaytirish, turmush sharoitlarini yaxshilash va energiya samaradorligini oshirish uchun uchun 30 mln dollar ekvivalentigacha bo‘lgan milliy valyutadagi kredit ajratishni ma’qulladi”, — deyiladi xabarda.

Aziatskiy bank razvitiya (ABR) odobril zayem do $30 millionov dlya podderjki razvitiya ipotechnogo rinka Uzbekistana
Inklyuziv ipoteka bozorini rivojlantirish loyihasi muhim bosqich olib boriladi, chunki uning doirasida OTB tomonidan O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi uchun birinchi xususiy (nosuveren) moliyalashtirish taqdim etiladi.
Mazkur tashabbus kompaniyani davlat tomonidan moliyalashtirishga bog‘liqlikdan barqarorroq bo‘lgan bozorga asoslangan moliyalashtirishga o‘tishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Aytilishicha, bu yanada raqobatbardosh va funsional ipoteka kreditlash bozorini rivojlantirishga yordam beradi.
OTB Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi bilan hamkorlik boshladi