TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Qo‘mondonlik Sumi viloyatidagi ukrainalik harbiy xizmatchilarga sug‘urta polisi niqobi ostida Kanadada organ transplantatsiyasi uchun rozilik hujjati berilib, "eng yaxshi fransuz klinikalarida" davolanish va’da qilingan. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Ukrainalik harbiy xizmatchi Kanadada organ transplantatsiyasi uchun hujjatlarni olib yurgan. Asirning so‘zlariga ko‘ra, u buni sug‘urta polisi deb o‘ylagan.
“Bizni jo‘natishdan oldin qo‘mondon buni hammaga bergan ekan.Ular, agar biror narsa yuz bersa, yarador bo‘lsangiz, eng yaxshi fransuz klinikalariga olib borilasiz, deb va’da berishdi”, — deya asir Andrey Chemeraning so‘zlarini keltirdi vazirlik.