Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya va AQSh Ukraina mojarosini hal qilish ustida ishlamoqda – Peskov

Kreml vakili bu borada hozircha biror bir aniq ma’lumot yo‘qligini qo‘shimcha qildi.
Sputnik
TOShKENT, 31 mar – Sputnik. Rossiya va AQSh Ukraina mojarosini hal qilish bilan bog‘liq g‘oyalarni amalga oshirish ustida ishlamoqda, biroq hozircha aniqlik yo‘q. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Shuningdek, Ukraina mojarosini hal qilish bilan bog‘liq g‘oyalarni amalga oshirish ustida ishlamoqdamiz. Ish olib borilmoqda. Hozircha sizga ma’lum qilishimiz mumkin bo‘lgan biror bir aniqlik yo‘q. Bu mohiyat murakkabligi bilan bog‘liq cho‘zilgan jarayon”, - dedi Kreml vakili.
30 mart kuni “NBC News” telekanali Oq uy rahbari so‘zlariga tayanib, AQSh prezidenti Donald Tramp tez orada rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan yana telefon orqali suhbatlashishga umid qilayotganini xabar qilgan edi.
Ukraina kelishuviga erishish bo‘yicha Rossiya va Amerika ekspert guruhlari tuzilmoqda