O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston chegara to‘g‘risida shartnoma imzolaydi

Xo‘jandda O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston yetakchilarining qo‘shma uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Sputnik
TOShKENT, 31 mar - Sputnik. O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi shartnoma imzolaydi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Shartnomani imzolash marosimi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 31-mart kuni Tojikistonning Xo‘jand shahriga amaliy tashrifi chog‘ida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston yetakchilarining qo‘shma uchrashuvi hamda ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Kun tartibidan mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
Davlat rahbarlari san’at ustalarining qo‘shma konsertida ham ishtirok etishadi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston umumiy chegarani demarkatsiya qilish masalalarini muhokama qildi