TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabi birinchi ukrainalik qiz yoshlar bilan armiyada xizmat qilish uchun shartnoma imzolaganini ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"18-24 shartnoma imzolagan birinchi qiz", — deyiladi Ukraina Bosh shtabining Telegram-kanalida.
Aytilishicha, qiz Ukraina Qurolli Kuchlarining 72-mexanizatsiyalashgan brigadasi safiga qabul qilingan.
Avvalroq Zelenskiy 18-25 yoshlilarni Ukraina Qurolli Kuchlari safiga maxsus shartnoma taklif qilish orqali jalb etishni rejalashtirayotganini aytgan edi: bir yillik xizmat uchun - 24 ming dollar, universitetga imtihonsiz kirish va 0% ipoteka. Shundan so‘ng Ukraina Mudofaa vazirligi 18 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan ko‘ngillilarni shartnoma asosida Ukraina Qurolli Kuchlariga jalb qilish loyihasi boshlanganini e’lon qildi.