Ramazon hayiti munosabati bilan Shavkat Mirziyoyevni kimlar tabrikladi?

Tabriklar kelishda davom etmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Ramazon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari, taniqli din va jamoat arboblaridan qutlovlar kelmoqda, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, xorijiy hamkorlar O‘zbekiston va uning ko‘p millatli xalqiga tinchlik, farovonlik va ravnaq tilab, mamlakat bilan do‘stlik munosabatlarini yanada mustahkamlash va o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga intilishini tasdiqlamoqda.
Quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:
Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud;
Saudiya Arabistoni valiahdi, Vazirlar Mahkamasi raisi Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz Ol Saud;
Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an;
Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev;
Qirg‘izsiton prezidenti Sadir Japarov;
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon;
Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov;
Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov;
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev;
Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;
Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti, bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum;
Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon;
Birlashgan Arab Amirliklari bosh vaziri o‘rinbosari Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon;
Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;
Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon;
Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif;
Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy;
Qatar amirining o‘rinbosari Shayx Abdulloh bin Hamad Ol Soniy;
Kuvayt amiri Shayx Mish’al al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;
Kuvayt valiahdi Shayx Saboh Xolid al-Ahmad as-Saboh;
Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi podshohi Abdulla II;
O‘mon sultoni Haysam bin Toriq Ol Said;
Bahrayn podshohi Shayx Hamad bin Iso Al Xalifa;
Marokash qiroli Muhammad VI;
Jazoir prezidenti Abdulmajid Tabbun;
Tunis prezidenti Qays Said;
Falastin prezidenti Mahmud Abbos;
Liviya prezident kengashi rahbari Muhammad Yunus Al-Manfi;
Somali prezidenti Hasan Shayx Muhammad;
Isroil prezidenti Isxak Gersog;
Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha;
Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi bosh kotibi Jasim Muhammad Al-Budayviy;
Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev;
Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirim;
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Faridun Sinirli o‘g‘li;
Islom taraqqiyot banki raisi Muhammad Sulaymon Al-Jasir;
"Al-Azhar" majmuasi shayxi Ahmad Tayyib;
Kavkaz musulmonlari idorasi raisi Shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda.
Tabriklar kelishda davom etmoqda.