Tamaraxonim 1906-yil 29-mart kuni Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. U raqsning ijro uslubini butunlay isloh qilgan va O‘zbekistonda Milliy balet teatri rivojlanishida katta rol o‘ynagan.
Tamaraxonim ilk marta xorijga 19 yoshida chiqqan. U ijod yillari davomida dunyoning 156 ta mamlakatida bo‘lgan.
“Sharqning birinchi qaldirg‘ochi”, “Xalqlar do‘stligining ramzi” ta’riflariga sazovor bo‘lgan va frontga tank yasatib jo‘natgan Tamaraxonim ijodi bilan Sputnik O‘zbekiston lavhasida tanishing.