O‘zbekiston va YeOII

MDH bilan transport sohasida hamkorlik qilish uchun infratuzilma shakllangan — YeIK vaziri

Vazir YeOIIning asosiy hamkorlaridan biri – MDH bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik qilish uchun infratuzilma shakllangani haqida ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) energetika va infratuzilma vaziri Arzibek Kojoshev MDH mintaqasi va Katta Yevroosiyoda transport integratsiyasini muhokama qildi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
Arzibek Kojoshev MDHga a’zo davlatlar xalqaro iqtisodiy forumi doirasida MDH va Katta Yevroosiyoda transport-iqtisodiy integratsiyaga bag‘ishlangan panel sessiyasida ishtirok etdi.
YeIK vaziri o‘z nutqida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va aholi turmush sifatini yaxshilashga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi transport sohasida integratsiya jarayonlarining muhimligini qayd etdi.
“Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) transport koridorlari va logistikasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish orqali yagona infratuzilmani yaratish transport vaqti va xarajatlarini qisqartiradi, bozorlarga chiqishni yaxshilaydi”, — dedi Arzibek Kojoshev.
Vazir, shuningdek, bugungi kunda YeOIIning asosiy hamkorlaridan biri – MDH bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik qilish uchun infratuzilma shakllangani haqida ma’lum qildi.
O‘zbekiston va YeOII
YeIK: Yevroosiyo transport koridorlari masofalarni ikki baravarga qisqartiradi