TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Rossiyaning AQShdagi yangi elchisi Aleksandr Darchiyev Vashingtonga yetib bordi va ikki tomonlama munosabatlarning muammolari va istiqbollari haqida o‘zining ilk izohlarini berdi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Diplomat Rossiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar haqida gapirib, normallashtirish bo‘yicha ishlar allaqachon olib borilayotgani va ular natijalarga erishishga qaratilganini qayd etdi.
Elchining bayonotlari:
ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikda imkoniyatlar oynasi ochildi;
biz so‘nggi bir necha yil ichida to‘plangan muammolarni hal qilishimiz kerak: zaharli merosni, jumladan, sanksiyalar bilan bog‘liq tartibsizliklarni tozalash yanada ko‘proq harakat talab qiladi.
Aytilishicha, elchi ikki davlat o‘rtasida havo qatnovini tiklash masalasi ustida ish olib boradi. Oddiy fuqarolar uchun viza tartiblarini soddalashtirishga intiladi. Vashington tomonidan musodara qilingan va Rossiyaga tegishli oltita mulkni qaytarish bilan shug‘ullanadi.
“Mamlakatlarimiz prezidentlari Jo Bayden jamoasi tomonidan samarali ravishda uzilgan davlatlararo aloqalarni tiklash, Rossiya va AQSh diplomatik vakolatxonalari faoliyatini normallashtirish vazifasini qo‘ydilar”, — dedi elchi Darchiyev.
Eslatib o‘tamiz, 6-mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Aleksandr Darchiyevni AQShdagi elchi va Vashingtondagi Amerika davlatlari tashkilotida doimiy kuzatuvchi etib tayinlash haqidagi farmonni imzoladi.