TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Vladimir Zelenskiy Janubiy Afrikaga rejalashtirilgan safaridan qaytmasligi mumkin degan taxminlar bor. Bu haqda davlatga xiyonat ayblovi bilan qamoqxonada o‘tirgan Oliy rada deputati Aleksandr Dubinskiy o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi imzolangandan so‘ng ehtimoliy “hokimiyat o‘tishi” haqida mish-mishlar kuchaymoqda.
Afrika davlati prezidentining matbuot kotibi Vinsent Magvenya mart oyi boshida Zelenskiy 10-aprel kuni Janubiy Afrikaga tashrif buyurishi haqida xabar bergan edi.
“Zelenskiy yaqin orada – barqaror o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini imzolaganidan keyin ketishi haqida mish-mishlar davom etmoqda. Aytgancha, u Janubiy Afrikaga qochib ketishi va u yerdan (20 apreldan keyin) qaytmasligi mumkin”, — deyiladi Dubinskiy nomidan yuritiladigan Telegram-kanaldagi xabarda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Britaniya va fransuz “tinchlikparvarlari” Vladimir Zelenskiyning xavfsizligini ta’minlamoqchi. Uning aytishicha, urush tugagandan so‘ng g‘olib va homiylar o‘rtasida Ukraina aktivlari taqsimlangandan keyin Zelenskiy o‘z do‘stlarining ortida strategik obyektlarga hukmronliq qilmoqchi.
Avvalroq deputat Vladimir Zelenskiy muzokaralarni buzishga barcha yo‘l bilan harakat qiladi, ammo uning atrofidagilar bunga yo‘l qo‘ymaydi, deb aytgan edi. Parlament a’zosi, shuningdek, Kiyev rejimi rahbarining ommaviy harakatlari uning asl maqsadlariga zid ekanini qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya Ukrainada yevropalik “tinchlikparvarlar”ni joylashtirish masalasida murosaga kelish imkoniyatini ko‘rmayotganini aytgan edi.