Madaniyat vazirligi Rossotrudnichestvo bilan hamkorlikni rivojlantirmoqchi

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Rossotrudnichestvo rahbari Yevgeniy Primakov bilan uchrashdi
Tomonlar qo‘shma loyihalar, ta’lim, kino sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
Sputnik
TOShKENT, 24 mar — Sputnik. O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Rossiyaning MDH ishlari, xorijda yashovchi vatandoshlar va xalqaro hamkorlik bo‘yicha federal agentligi (Rossotrudnichestvo) rahbari Yevgeniy Primakov bilan uchrashdi, deya xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.
Ministr kulturi Ozodbek Nazarbekov vstretilsya s glavoy Rossotrudnichestva Yevgeniyem Primakovim.
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Rossotrudnichestvo rahbari Yevgeniy Primakov bilan uchrashdi

“Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik, xususan, ikki davlat teatrlarining o‘zaro gastrol safarlarini tashkil etish, Madaniyat vazirligi va Agentlik hamkorligida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, ta’lim, kino sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi”, — deyiladi xabarda.

Nazarbekov ikki mamlakatning madaniy sohadagi hamkorligini yuqori baholab, 2024-yilning noyabr oyida Moskvada tashkil etilgan "O‘zbekiston madaniyati va san’ati kunlari" tadbirlarini misol keltirdi.
Ministr kulturi Ozodbek Nazarbekov vstretilsya s glavoy Rossotrudnichestva Yevgeniyem Primakovim.
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Rossotrudnichestvo rahbari Yevgeniy Primakov bilan uchrashdi
Qayd etilishicha, uchrashuv davomida qayd etilgan masalalarga vakolat doirasida ijobiy yechim topish hamda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olindi.
O‘zbekiston va Rossiya urush faxriylarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi
Matbuot markazi
Rossiyaning yangi ta’lim dasturlari O‘zbekiston yoshlarini qiziqtira oladi