TOShKENT, 24 mar — Sputnik. AQSh prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff "Fox News" telekanaliga bergan intervyusida Rossiyada “Yevropani egallash” rejasi yo‘qligiga ishonch bildirdi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“U(Rossiya prezidenti Vladimir Putin. – Tahr.) butun Yevropani egallab olmoqchi deb o‘ylamayman. Bu Ikkinchi jahon urushi davridagidan butunlay boshqacha holat. Ikkinchi jahon urushi davrida NATO yo‘q edi”, — dedi Stiven Uitkoff.
Siyosatchi Putinning so‘ziga ishonishini va uning fikricha, “Yevropaliklar ham shunday xulosaga kela boshlashdi. “Ammo bu, umuman olganda, muhim emas", deya qo‘shimcha qildi u.