TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Rossiya bir necha kundan beri Ukrainaning energetika infratuzilmasiga zarba berishdan voz kechmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalist Pavel Zarubinga bergan intervyuda aytdi.
“Agar Rossiya tomoni bir necha kundan beri o‘z so‘ziga sodiq qolayotgan bo‘lsa, prezident bergan so‘z va darhol kuchga kirgan va darhol bajarilgan prezident buyrug‘i hali ham bajarilayotgan bo‘lsa, unda Kiyev rejimi haqida bunday deb bo‘lmaydi”, — dedi Dmitriy Peskov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, oldinda Ukraina atrofidagi vaziyat bo‘yicha jiddiy, mashaqqatli ish bor.