Putin va Tramp qachon uchrashishi mumkin — Peskov javobi

Press-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov pered nachalom yejegodnoy bolshoy press-konferensii prezidenta RF Vladimira Putina
Peskov: Putin va Tramp uchrashuv haqida aniq kelishuvlar bo‘lgandan keyin gaplashadi.
Sputnik
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp Rossiya va Amerika tomonlari o‘rtasida aniq o‘zgarishlar va kelishuvlar yuzaga kelganda ularning uchrashuvi istiqbollari haqida aniqroq gapirishlari mumkin. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalist Pavel Zarubinga bergan intervyuda aytdi.
“Muayan o‘zgarishlar, qo‘shma ishlanmalar va tushunishlar yuzaga kelgach, prezidentlar o‘zlarining uchrashuvlari istiqbollari haqida aniqroq so‘z yuritishadi”, — deydi u.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Vladimir Putin va Donald Trampning telefon muloqoti ikki davlat rahbarining eng uzoq davom etgan suhbatlaridan biri bo‘ldi. Peskovning qayd etishicha, rahbarlarga eng nozik masalalar bo‘yicha muzokaralar olib borish imkonini beruvchi xavfsiz videoaloqa mavjud.
Putin va Tramp 18-mart kuni telefon orqali muloqot qilgan. Ikki davlat rahbarlari oxirgi marta 12-fevral kuni gaplashgan.