Elektron hisobvaraq-faktura va elektron tovar-transport yuk xati birlashtiriladi

Ayrim sohalarning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, tovar-transport yuk xatini rasmiylashtirish tartiblari belgilandi.
Sputnik
TOShKENT, 21 mar - Sputnik. O‘zbekistonda elektron hisobvaraq-faktura va elektron tovar-transport yuk xati birlashtiriladi. Hukumatning 18-martdagi qarori bilan Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra:
elektron hisobvaraq-faktura va elektron tovar-transport yuk xati birlashtiriladi;
ayrim sohalarning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, tovar-transport yuk xatini rasmiylashtirish tartiblari belgilandi.
Bunda tovar-moddiy boyliklar yuklab jo‘natish bilan bir vaqtda realizatsiya qilinganda, elektron hisobvaraq-faktura elektron tovar-transport yuk xati bilan birlashtirilgan holda rasmiylashtirilishi mumkin.
Ammo quyidagi hollarda elektron hisobvaraq-faktura bilan elektron tovar-transport yuk xati birlashtirilgan holda rasmiylashtirilmaydi:
tovarlar transport vositasidan foydalanmagan holda (shu jumladan, jamoat transportidan foydalangan holda) qo‘lda yoki maxsus qurilmalar (arava, eskalator va qonunchilik hujjatlariga ko‘ra davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydigan boshqa qurilmalar) yordamida tashilganda;
yuk jo‘natuvchi tomonidan tovar yuklab jo‘natish bilan bir vaqtda realizatsiya qilinganda.
O‘zbekiston va YeOII
YeOIIda hujjatlar uchun elektron imzo joriy etiladi