Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya Ukraina nishonlariga uchayotgan o‘zining yettita dronini urib tushirdi

Rabota rossiyskix sredstv PVO na Xarkovskom napravlenii
Rossiya havo hujumidan mudofaa kuchlari Putinning buyrug‘iga binoan Ukraina obyektlariga uchayotgan 7 ta dronnini urib tushirdi.
Sputnik
TOShKENT, 19 mar — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukraina energetika obyektlariga zarba berishni vaqtincha to‘xtatish haqidagi buyrug‘iga binoan Rossiya havo hujumidan mudofaa kuchlari Ukrainaning Nikolayev viloyatidagi obyektlarga qaratilgan yettita dronni zararsizlantirdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp bir kun avval telefon orqali suhbatlashdi.
Rossiya rahbari mojaro ishtirokchilarining 30 kun davomida energetika infratuzilmasi obyektlariga hujum qilishdan o‘zaro tiyilish g‘oyasiga ijobiy javob berdi va harbiylarga tegishli buyruq berdi.

“Alohida ta’kidlash joizki, Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari Oliy Bosh qo‘mondoni tomonidan Ukrainaning energetika infratuzilmasiga hujumlarni vaqtincha to‘xtatish to‘g‘risidagi buyruq olingan vaqtda havoda Rossiyaning yettita hujumchi uchuvchisiz samolyotlari bo‘lib, ular Ukraina energetika infratuzilmasi obyektlarini nishonga olgan edi. Rossiya Havo hujumidan mudofaa kuchlariga uchuvchisiz uchish apparatlarini zararsizlantirish buyrug‘i berildi, ulardan oltitasi “Pansir” havo hujumidan mudofaa raketa va o‘qotar tizimi tomonidan, yana biri esa navbatchi bo‘lgan Rossiya Aerokosmik kuchlarining qiruvchisi tomonidan urib tushirildi”, — deyiladi xabarda.

Rossiyskie voyennie v osvobojdennoy Sudje
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya qo‘shinlari Kursk viloyatida dushmanni to‘liq mag‘lub etishni yakunlamoqda — Putin