Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya qo‘shinlari Kursk viloyatida dushmanni to‘liq mag‘lub etishni yakunlamoqda — Putin

Rossiyskie voyennie v osvobojdennoy Sudje
Davlat rahbari harbiy prokurorlarga Ukraina qurolli kuchlarining Rossiya hududidagi vahshiyliklarini aniqlash, qayd etish va tergov qilishni topshirdi.
Sputnik
TOShKENT, 19 mar — Sputnik. Rossiya harbiylari Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk chegara hududidagi mag‘lubiyatini yakunlamoqda, dedi prezident Vladimir Putin Bosh prokuraturaning kengaytirilgan kollegiyasida.

“Bizning qo‘shinlarimiz yaqinda bir qator tezkor, ancha dadil, samarali operatsiyalarni amalga oshirib, Kursk viloyatida dushman qo‘shinlari guruhini mag‘lub etishni yakunlamoqda”, — dedi Rossiya prezidenti.

Putin harbiy prokurorlarga Ukraina Qurolli kuchlarining Rossiya hududidagi vahshiyliklarini aniqlash, qayd etish va tergov qilishni topshirdi.

"Kursk viloyatida tinch aholiga qarshi jinoyat sodir etganlarning barchasi aniqlanib, terrorchilar sifatida jazolanishi kerak", — deya ta’kidladi Rossiya yetakchisi.

Rabota ekipaja 2S3 Akatsiya v xode spetsoperatsii na Ukraine.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya qo‘shinlari Ukraina armiyasining Belgorodga kirishga urinishining oldini oldi