Primorsk korxonalari vakillari mutaxassislarni ishga jalb etish uchun O‘zbekistonga keldi

Delegatsiya Buxoro, Samarqand va Sirdaryo viloyatlariga tashrif buyurishni rejalashtirgan.
Sputnik
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Rossiyaning Primorsk o‘lkasi delegatsiyasi O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan keldi. Bu haqda O‘zbekistonning Vladivostokdagi bosh konsuli Yusup Kabuljanov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Delegatsiya Primorskogo kraya nachala rabochuyu poyezdku v Uzbekistan

“Delegatsiya Buxoro, Samarqand va Sirdaryo viloyatlariga tashrif buyurishni rejalashtirgan. Uning tarkibiga Migratsiya agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalqaro va tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Primorsk o‘lkasi kollejlari rahbarlari, shuningdek, viloyatning "Terneyles", "Dobroflot", "Lotos" kabi yirik korxonalari vakillari kirdi”, — deyiladi xabarda.

Primorsk o‘lkasi migratsiya agentligi rahbari Mixail Sorokinning so‘zlariga ko‘ra, delegatsiyasning vazifasi xorijlik mutaxassislarni tayyorlash uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishish va hududlar rahbarlari bilan uchrashishdan iborat.
Delegatsiya migratsiya siyosatiga mas’ul o‘zbekistonlik mutaxassislar bilan muloqot o‘rnatish maqsadida o‘quv markazlariga tashrif buyuradi.
Mixail Sorokin ta’kidlaganidek, nafaqat ushbu tashrif, balki Primorsk o‘lkasi gubernatori Oleg Kojemako tashabbusi bilan tashkil etilgan yangi bo‘limning asosiy maqsadi migrantlar oqimini tashkil etish va mintaqaning turli tarmoqlariga zarur bo‘lgan mutaxassislarni tanlashdir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq viloyat rahbari O‘zbekistonda migratsiya agentligi vakillari ishlashini, chunki Primorsk o‘lkasi korxonalariga mahalliy sharoitda zarur bo‘lgan mutaxassislarni tanlash osonroq ekanini ta’kidlagan edi.
Primorsk o‘lkasi Buxoro, Samarqand va Sirdaryodan mutaxassislarni ishga jalb etmoqchi