TOShKENT, 17 mar — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp seshanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muloqot qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda RIA Novosti "Reuters" nashriga ma’lumotlariga tayangan holda xabar berdi.
“Tramp seshanba kuni (Rossiya prezidenti – tahr.) Putin bilan suhbatlashishini aytdi”, — deyiladi agentlik xabarida.
Aytilishicha, Donald Tramp Vladimir Putin bilan hududlar va atom elektr stansiyalari ustidan nazorat masalasini muhokama qilmoqchi.
“Menimcha, biz hududlar haqida gaplashamiz... Elektr stansiyalari haqida gaplashamiz, chunki bu katta masala”, — dedi Tramp jurnalistlarga.
Uning qo‘shimcha qilishicha, aktivlarni taqsimlash bo‘yicha Moskva va Kiyev bilan muzokaralar olib borilmoqda. Siyosatchi, shuningdek, dam olish kunlarida ko‘p ish qilingani va Ukrainadagi mojaroga barham berish imkoniyati borligini ta’kidladi.