Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukraina qo‘shinlari qiyin kunlarni boshdan kechirayotgani aytildi

Ushakov: Rossiya armiyasi barcha yo‘nalishlarda oldinga siljimoqda.
Sputnik
TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Rossiya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi chaqiriqlarni Ukraina qo‘shinlariga tanaffus maydoni va qayta qurollanish uchun vaqt berishga urinish deb biladi. Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov jurnalist Pavel Zarubinga ma’lum qildi.
“Bunday vaziyatda (o‘t ochishni to‘xtatish chaqirig‘i – tahr.) biz buni Ukraina harbiylarining qayta qurollanishi va to‘planishi uchun qandaydir vaqt berishga urinish sifatida qabul qilishimiz mumkin”, — deya qo‘shimcha qildi Ushakov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina qo‘shinlari og‘ir kunlarni boshdan kechirmoqda, Rossiya armiyasi barcha yo‘nalishlarda oldinga siljimoqda.
Ushakov Putin va Tramp o‘rtasidagi aloqalarni tayyorlash haqida ham gapirdi.
Uning aytishicha, Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp o‘rtasidagi uchrashuv, shuningdek, ularning telefon suhbatini juda tez tashkil etilish mumkin. Ushakovning qo‘shimcha qilishicha, ayni paytda u mumkin bo‘lgan aloqalarni tayyorlash tafsilotlari haqida “aniq bir narsa” ayta olmaydi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Vaqtinchalik sulh Ukraina Qurolli kuchlari uchun “tanaffus” — Ushakov