Ko‘rgazmada kulol Abdullo Narzullayev, kashtado‘z Gulnora Odilova, zargar Fasxiddin Dadamuhammedov, xattot Salimjon Badalboyev, qo‘lda gilam to‘quvchi Roziya Jumanazarova, milliy qo‘g‘irchoq ustasi Mansur Kurazov kabi 24 nafar faxriy hunarmand o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etdi.
"Ushbu tadbir xalqimizning qadimiy merosi milliy hunarmandchiligini keng namoyish qilish, uning noyob namunalarini targ‘ib etish, shuningdek, ushbu yo‘nalishda o‘z maktabini yaratgan faxriy hunarmandlar tajribasini ommalashtirish avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan an’analar va hunarmandchilik maktablarini saqlash va qayta tiklash maqsadida tashkil etildi, — deydi G‘ijduvon kulolchilik maktabining vakili Abdullo Nazrullayev.
Hozirda Xalq amaliy san’ati ustalarining milliy katalogi ro‘yxatiga 261 nafar hunarmand kiritilgan, ulardan 81 nafari faxriy hunarmandlardir.