TOShKENT, 16 mar — Sputnik. NATO davlatlaridan 30 ga yaqin ofitser Kursk viloyati atrofida joy olgan. Bu haqda Nikolayevdagi Rossiyaga xayrixoh bo‘lgan qarshilik ko‘rsatish muvofiqlashtiruvchisi Sergey Lebedev RIA Novostiga ma’lum qildi.
"Kursk viloyatida atrofida NATOning 30 nafarga yaqin ofitserlari mavjud. Ular qo‘shinlarga joyida qo‘mondonlik qilish, shuningdek, NATO sun’iy yo‘ldoshlaridan razvedka ma’lumotlarini olish va Rossiya Federatsiyasi hududiga chuqur zarbalarni sozlash bilan shug‘ullangan", — dedi Lebedev.
O‘tgan hafta oxirida rus qo‘shinlari Kursk viloyatida keng ko‘lamli hujumni boshladi va bir necha kun ichida Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan bosib olingan 1100 kilometrdan ortiq hududni, jumladan, Staraya Sorochina, Malaya Loknya, Cherkasskoe Porechnoe, Martinovka va Mixaylovka qishloqlarini ozod qildi. Payshanba kuni Rossiya Mudofaa vazirligi Sudja ozod qilingani haqida xabar berdi.