Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya harbiylari Kurskda yana 2 ta aholi punktini ozod qildi

“Shimoliy” qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari hujum harakatlari davomida Zaoleshenka va Rubanshina aholi punktlarini ozod qildi.
Sputnik
TOShKENT, 15-mart – Sputnik. Rossiya harbiylari Kursk viloyatidagi Zaoleshenka va Rubanshinani nazorat ostiga oldi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi.
“Shimoliy” qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari hujum harakatlari davomida Zaoleshenka va Rubanshina aholi punktlarini ozod qildi”, — deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, jangchilar Gogolevka, Gornal, Guyevo va Oleshnya aholi punktlari hududida Ukraina Qurolli kuchlarining beshta brigadasi va hujum polkini mag‘lub etdi.
Dushmanning kunlik yo‘qotishlari:
220 dan ortiq harbiy;
tank va piyoda jangovar mashinasi;
zirhli jangovar mashina va to‘rtta avtomobil;
ikkitadan artilleriya quroli va minomot;
dron boshqaruv markazi va o‘q-dorilar ombori.
O‘tgan hafta oxirida Rossiya armiyasi Kursk viloyatida keng ko‘lamli hujumga o‘tdi va bir necha kun ichida Ukraina qo‘shinlari tomonidan bosib olingan 1100 kilometrdan ortiq hududni, jumladan Staraya Sorochina, Malaya Loknya, Cherkasskoe Porechnoe, Martinovka, Mixaylovka qishloqlarini ozod qildi. Payshanba kuni Mudofaa vazirligi viloyat markazi - Sudjaning ozod qilingani haqida xabar berdi.
Bosh shtab rahbari Valeriy Gerasimovning Vladimir Putinga xabar berishicha, Ukraina Qurolli kuchlari guruhi izolyatsiya qilingan, hozirda uni tizimli yo‘q qilish ishlari olib borilmoqda va Rossiya bo‘linmalari ma’lum yo‘nalishlarda davlat chegarasini kesib o‘tib, Sumi viloyatiga kirib kelgan.
Putinning qayd etishicha, agar bir muddat avval Ukraina Qurolli kuchlari Kursk viloyatini katta guruhlar bilan tark etgan bo‘lsa, endi buning iloji yo‘q.
AQSh prezidenti Donald Tramp Putindan qurshovdagi Ukraina qo‘shinlarini saqlab qolishni so‘radi. Rossiya rahbarining aytishicha, bu chaqiriqni amalga oshirish uchun Ukraina rahbariyati o‘z harbiylariga qurollarini tashlab, taslim bo‘lishga buyruq berishi kerak.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Putin Trampning so‘roviga javob qaytardi