Shavkat Mirziyoyev Vacheslav Volodinni qabul qildi

Rossiya vakili bilan savdo--iqtisodiyot, migratsiya va madaniyat sohasidagi masalalar muhokama qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 14-mart kuni Rossiya Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodinni qabul qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari ko‘rib chiqildi.
Xususan, Rossiya prezidentining 2024-yilgi tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishini nazorat qilish maqsadida, parlamentlararo hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik, mehnat migratsiyasi va madaniy-gumanitar almashinuv masalalari muhokama qilindi.
Ismoilov Rossiya Davlat dumasi raisi bilan uchrashdi — muhokama etilgan masalalar