Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

30 kunlik sulh bo‘yicha Putinning to‘liq javobi — video

Putin: Biz ham o‘t ochishni to‘xtatishni istaymiz, lekin bu uzoq muddatli tinchlikka olib kelishi kerak. Buning uchun mojaroning ilk sabablarini bartaraf etish kerak.
Sputnik
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. Bugungi kunda jang maydonida yuzaga kelgan vaziyat Ukriainani tinchlik haqida so‘rashga majbur qilmoqda. Bu haqda Rossiya prezidentning matbuot anjumanida ma’lum bo‘ldi.

"Men kecha Kursk viloyatida bo‘ldim, u yerda vaziyat to‘liq Rossiya nazorati ostida. Viloyatga bostirib kirgan ukrain qo‘shinlari deyarli qurshab olingan. Bir ikki kun ichida ular to‘liq qurshovda qoladi. Keyin ular yoki asirga tushishi mumkin, yoki qurbon bo‘ladi", - dedi Putin.

Bunday vaziyatda Ukraina uchun 30 kunlik “tanaffus” juda qo‘l kelgan bo‘lardi. Aslida biz ham bunga qarshi emasmiz, lekin o‘z o‘zidan savollar paydo bo‘ladi:
Kursk viloyatida qurshovda qolganlar nima bo‘ladi? Biz ularni shunchaki qo‘yib yuborishimiz kerakmi? Tinch aholiga nisbatan qilingan shuncha jinoyatlardan so‘ng? Yoki ularning qo‘mondonligi qurollarni topshirib asirga tushishni buyuradimi?
2000 km uzunlikdagi to‘qnashuv chizig‘ida vaziyat qanday rivojlanadi? Biz u yerda deyarli hamma joyda hujumga o‘tmoqdamiz, muvaffaqiyatli manyovrlar amalga oshirmoqdamiz.
Xo‘sh, bu 30 kundan Ukraina qanday foydalaniladi? Majburiy safarbarlikni davom ettirish, u yerga qurol yetkazib berish uchunmi, yangi askarlarni tayyorlash uchunmi?
Yoki bularning hech biri amalga oshirilmaydimi? Unday holda yana bir savol paydo bo‘ladi – buni kim va qanday nazorat qiladi? Bu ishlar amalga oshirilmasligini kim bizga kafolatlay oladi?
Bu savollarning barchasi sog‘lom fikrlaydigan har bir kishi uchun tushunarli deb o‘ylayman, dedi Rossiya prezidenti.