O‘zbekiston va YeOII

Serbiya YeOIIdan kungaboqar yog‘i importiga cheklovlarni olib tashladi

Maslo
YeIK: cheklovlarning bekor qilinishi konstruktiv hamkorlikni aks ettiradi va tomonlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning ijobiy rivojlanishini ta’kidlaydi.
Sputnik
TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Serbiya Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)dan kungaboqar yog‘i importiga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashladi, deya xabar berdi Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati.
“Serbiya Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasini Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlaridan kungaboqar yog‘i va tarkibida yog‘ moddasi bo‘lgan mahsulotlar importiga qo‘yilgan miqdoriy cheklovlar bekor qilingani haqida xabardor qildi”, — deyiladi xabarda.
YeIK murojaatiga javoban cheklovlarni olib tashlashda YeOII bilan munosabatlarni rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan Serbiya hukumati vaziri Nenad Popovich tashabbus ko‘rsatdi.

“Bu masala Ittifoq va Serbiya o‘rtasidagi Erkin savdo bitimini amalga oshirish bo‘yicha ish doirasida o‘tgan yilning aprel oyidan beri komissiya tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. Xususan, sentabr oyida Nenad Popovich bilan uchrashuvim chog‘ida mavzu ko‘tarilgan edi”, — dedi YeIK savdo vaziri Andrey Slepnyov.

Uning fikricha, cheklovlar olib tashlanishi konstruktiv hamkorlikni aks ettiradi va tomonlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning ijobiy rivojlanishini ta’kidlaydi.
Komissiya 2024-yil mart oyida cheklov choralari kiritilgandan so‘ng 2024-yilning 10 oyi davomida YeOIIdan Serbiyaga kungaboqar yog‘i va margarin eksporti 2023-yilning shu davriga nisbatan 40 foizga kamayganini ta’kidladi. Bundan tashqari, 2023-yilda bu ko‘rsatkich 2022-yilga nisbatan qariyb besh baravarga oshganini ko‘rsatdi.
Biznesmen v ofise rabotayet za kompyuterom.
O‘zbekiston va YeOII
YeOIIda hujjatlar uchun elektron imzo joriy etiladi