TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Vladimir Zelenskiy AQSh prezidenti Donald Trampdan Oq uydagi mojaro uchun uzr so‘radi. Bu haqda AQSh rahbarining Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff "Fox News" telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Zelenskiy Trampga Oval kabinetda sodir bo‘lgan voqea uchun uzr so‘rash xatini yubordi”, — dedi u.
Uitkoffning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralarda ishtirok etgan AQSh, Ukraina va Yevropa jamoalari o‘rtasida nima bo‘lganligi haqida ko‘p muhokamalar bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 28-fevral kuni AQSh prezidenti, vitse-prezident va Zelenskiy o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi va bu ommaviy bahsga aylanib ketdi. Oq uy rahbari Ukraina Qurolli kuchlari harbiy amaliyotlarni davom ettirish imkoniyatiga ega emasligini va Vashington yordamisiz ular mojaro boshlanganidan bir necha hafta ham tura olmasligini tushuntirishga harakat qildi.
Zelenskiy Ukraina Rossiyaga qarshi yakka o‘zi kurashayotganini ta’kidlab, suhbatdoshlari bilan bahslashdi va doimo ularning so‘zlarini to‘xtatdi. OAV xabariga ko‘ra, Amerika yetakchisi uni Oq uydan haydab yuborgan va nodir metallari bo‘yicha kelishuv barbod bo‘lgan. Trampning qayd etishicha, Kiyev rejimi rahbari tinchlikka tayyor emas va AQShga nisbatan hurmatsizlik ko‘rsatgan.