Rossiya O‘zbekistondan meva-sabzavot mahsulotlari xaridini oshirmoqchi

Rossiya va O‘zbekiston 2024-yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va oziq-ovqat savdosini 20 foizga oshiradi.
Sputnik
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Rossiya O‘zbekistondan meva-sabzavot mahsulotlari importini yanada oshirishdan manfaatdor. Bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Dmitriy Patrushev o‘zbekistonlik hamkasbi Jamshid Xodjayev bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Rossiya va O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasida strategik sheriklardir. 2024-yilda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari aylanmasi 20 foizga oshdi. Joriy yilda ham ijobiy dinamika davom etmoqda. O‘zbekiston bozori eksportchilarimiz uchun juda istiqbolli deb hisoblaymiz. Biz kungaboqar yog‘i, qandolatchilik, don va chorvachilik mahsulotlarini yetkazib berishni ko‘paytirishga tayyormiz”, — dedi Patrushev.
Ularning ta’kidlashicha, 2024-yilda Rossiyadan O‘zbekistonga eksport qilinadigan asosiy mahsulotlar shakar, kungaboqar yog‘i, qandolat kabi mahsulotlar, bolalar ovqatlari bo‘lgan.

“Rossiya O‘zbekistondan meva-sabzavot mahsulotlari importini yanada oshirishdan manfaatdor, ularni to‘siqsiz olib kirish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan”, — dedi Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari.

Denis Manturov O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirishga qiziqish ortib borayotganini aytdi
Novosibirskda O‘zbekiston mahsulotlari savdo bozori ochildi — tafsilotlar