Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligi

G‘alabaning 80-yilligi: o‘zbekistonlik xonanda Toshkentdan Moskvaga velosipedda yo‘l olmoqchi

Xursand Sherov 3,8 ming kilometr masofani bosib o‘tishni rejalashtirmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. O‘zbekistonlik taniqli opera xonandasi va sayohatchi Xursand Sherov Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligi munosabati bilan Toshkentdan Moskvaga velosipedda yo‘lga chiqmoqchi, deya xabar berdi Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati.
“G‘alaba estafetasi-2025” ishtirokchilari MDH tashqi chegaralari bo‘ylab o‘tadi — sana va xarita
Xursand Sherov Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligi munosabati bilan Toshkentdan Moskvaga velosipedda yo‘lga chiqadi
“Taniqli xonanda va velosipedchi Xursand Sherov Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligi, mustahkam do‘stlik va Markaziy Osiyo xalqlarining fashizmga qarshi kurashga qo‘shgan hissasi sharafiga O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiya hududlarini kesib o‘tib, 3,8 ming kilometr masofani bosib o‘tishni rejalashtirmoqda”, — deyiladi xabarda.
Xursand Sherov Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligi munosabati bilan Toshkentdan Moskvaga velosipedda yo‘lga chiqadi
Sherov o‘z safari doirasida muhim tarixiy obidalarni ziyorat qilishni, 9-may kuni Moskvada o‘tkaziladigan tantanalarda qatnashadigan faxriylarga esdalik sovg‘alarini topshirishni rejalashtirmoqda.
Muslim Magomayev xotirasi: o‘zbekistonlik xonanda o‘z veloyurishini yakunladi