TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida 12-mart soat 13:00 da “Energetika xavfsizligi, Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari” mavzusida Toshkent – Ostona videoko‘prigi bo‘lib o‘tadi.
Ishtirokchilar:
Toshkentdan - Rossiya FA Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar instituti Markaziy Osiyo sektori boshlig‘i Stanislav Pritchin, “Ma'no” tadqiqot tashabbuslari markazi direktori Baxtiyor Ergashev.
Ostonadan - Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar instituti direktori Akimjon Arupov.
Ishtirokchilar Markaziy Osiyoda geosiyosiy vaziyat qanday o‘zgarayotgani va mintaqaning energiya xavfsizligi uchun qanday yangi muammolar paydo bo‘layotgani haqida so‘z yuritishadi. Shuningdek, Rossiya va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi energetika sohasidagi hamkorlik sohasidagi qanday loyihalar kelgusi yillarda barqaror rivojlanish uchun asos bo‘lishi mumkin, degan savolga javob berishadi.
Tadbirga jurnalistlar taklif etiladi. +998971907178, @alisherakimbaev, a.akimbaev@sputniknews.com ushbu manzillar orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Matbuot markazi produseri Alisher Akimbayev.