TOShKENT, 10 mar – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina “omon qolmasligi mumkinligini” ma’lum qildi. U bunday fikrni “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida bildirdi, deya yozadi RIA Novosti.
Oq uy rahbaridan agar AQSh yordam berishni to‘xtatsa, Ukrainaning ehtimoliy nobud bo‘lishi tashvishga solishi yoki solmasligi so‘raldi.
“Ukraina har qanday holatda ham omon qolmasligi mumkin <...> Ikkinchidan, bu urush ro‘y bermasligi kerak edi, shu sabab buni hozir tugatmoqdamiz”, - dedi AQSh yetakchisi.
Avvalroq xorijiy OAV AQSh Ukrainaga harbiy yordam va razvedka ma’lumotlarini berishni to‘xtatib qo‘ygani haqida yozgandi. Buni keyinchalik AQSh rasmiylari tasdiqladi. Oq uy Kiyev tinchlik o‘rnatishga bo‘lgan irodasini ko‘rsatgan taqdirda yordam qayta tiklanishini ma’lum qilgan.