O‘zbekiston va YeOII

YeIK BMT Statistika komissiyasi bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

YeIK integratsiya va makroiqtisodiyot vaziri yanada konstruktiv hamkorlikka tayyorligini ta’kidladi.
Sputnik
TOShKENT, 10 mar – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Statistika komissiyasining 56-sessiyasida kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi. Bu maqom to‘g‘risidagi qaror 4-mart kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan majlisda qabul qilindi. Unda YeIK integratsiya va makroiqtisodiyot vaziri Eldar Alisherov ishtirok etdi.
YeIK vaziri yanada konstruktiv hamkorlikka tayyorligini ta’kidladi.
“Komissiya BMTning Statistika komissiyasi bilan hamkorlikni kengaytirish va Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BMR) erishish ko‘rsatkichlari bo‘yicha mutaxassislar guruhlari doirasida ishlashga qiziqish bildiradi”, - dedi Alisherov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, komissiya BMT Statistika komissiyasi ishlarida faol ishtirok etish, global statistik tizimni rivojlantirishga hissa qo‘shish va xalqaro hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlash niyatida.
Statistika komissiyasi sessiyasi doirasida Alisherov Shveysariyaning Federal statistika boshqarmasi bosh direktori Jorj-Simon Ulrix bilan muzokaralar o‘tkazdi. Tomonlar statistika sohasidagi o‘zaro hamkorlikning istiqbollarini muhokama qilishdi.
BMTning Statistika komissiyasi 1947-yilda tashkil etilgan va global statistik tizimning eng oliy organidir. U BMTga a’zo mamlakatlarning statistika organlari rahbarlarini birlashtiradi va statistik standartlarni belgilash, xalqaro darajada kelishilgan konsepsiyalar va usullarni ishlab chiqish, shuningdek, ularni milliy va xalqaro darajada joriy etish uchun mas’uldir.
O‘zbekiston va YeOII
Minskda o‘tkaziladigan Yevroosiyo iqtisodiy forumi arxitekturasi muhokama qilindi