Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Tramp nega Ukrainadagi mojaroga barham berishni istayotgani oshkor etildi

Vashington Kiyevga AQSh ko‘magisiz Ukraina mag‘lubiyatga uchrashi mumkinligi haqida signallar yuborayotganini ta’kidladi.
Sputnik
TOShKENT, 9-mart — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya bilan yaxshi munosabatlarni istaydi, shuning uchun u Moskva uchun foydali bo‘lgan tinchlik bitimini tuzishga harakat qilmoqda. Bu haqda AQSh armiyasining iste’fodagi polkovnigi Deniyel Devis ijtimoyi tarmoqda ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Tramp bor e’tiborini mojaroga barham berishga qaratgan. Ammo u kelajakka ham qaraydi, uning uchun ikki qudratli davlat: Rossiya va AQSh o‘rtasida yaxshi munosabatlar o‘rnatish muhim”, — dedi u.
Tahlilchi, shuningdek, Vashington Kiyevga AQSh ko‘magisiz Ukraina mag‘lubiyatga uchrashi mumkinligi haqida signallar yuborayotganini ta’kidladi.
“Tramp hisob-kitoblarga berilib ketgan: daromadlar, xarajatlar. Endi u qaraydi va tushunadi: kuchlar muvozanati nihoyat Rossiya foydasiga o‘zgardi, endi mojaroda AQShning hech qanday foydasi yo‘q, uning davom etishi faqat keskinlashuv va uchinchi jahon urushiga olib keladi”, — deya xulosa qildi Devis.
Mask Starlink o‘chirilsa, Ukraina armiyasiga nima bo‘lishini aytdi